Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xodimlarga mukofot va rag‘batlantirishlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari S.I. Samadov so‘zga chiqdi. U jamoaga tabrik so‘zi bilan murojaat qilib, xodimlarga mukofot va rag‘batlantirishlarni shaxsan topshirdi.
Xususan, Akademiya xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot ularning mehnati va Akademiya faoliyatiga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘ldi.
Marosim doirasida xodimlarga darajali unvonlar ham berildi. Shuningdek, samarali mehnati va Akademiya faoliyatiga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnomalar hamda faxriy yorliqlar topshirildi.
Yangi o‘quv yili arafasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimi xodimlarning xizmat vazifalariga mas’uliyatli munosabati va erishgan natijalariga bildirilgan yuksak e’tirof ifodasi bo‘ldi.