O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi sport va jismoniy tarbiya sohasidagi mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi sport va jismoniy tarbiya sohasidagi mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga sport va jismoniy tarbiya sohasidagi mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish zarurati mavjud. Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Mutaxassisning vazifalari:

Akademiya tinglovchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari hamda tadbirlarning kalendar rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berish;

Akademiya talabalari, tinglovchilari va xodimlarining jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda kafedraga amaliy yordam ko‘rsatish;

Akademiya sport klubi faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va rivojlantirish, shuningdek, uning yillik ish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish;

sportning yakka va jamoaviy turlari bo‘yicha to‘garaklar va seksiyalar faoliyatini tashkil etish hamda muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazishda uslubiy yordam ko‘rsatish;

talabalar va tinglovchilarning sportga qiziqishi va qobiliyatini o‘rganish, iqtidorli sportchi talabalarni saralash hamda ular bilan individual va guruhli mashg‘ulotlar tashkil etishga ko‘maklashish;

Akademiyada kurslar, fakultetlar, guruhlar va jamoalar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda kafedraga uslubiy yordam ko‘rsatish;

Akademiya terma jamoalarini shakllantirish, ularni musobaqalarga tayyorlash hamda ularning respublika va idoralararo sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlashda kafedraga uslubiy yordam ko‘rsatish;

talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, jumladan, kuch, tezkorlik, chidamlilik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati uchun zarur jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy-jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etishda kafedraga uslubiy yordam ko‘rsatish;

Akademiyada sog‘lom turmush tarzi, ommaviy sport va jismoniy faollikni targ‘ib qiluvchi tadbirlar hamda sport festivallarini tashkil etishda kafedraga uslubiy yordam ko‘rsatish;

sport federatsiyalari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

sport va jismoniy tarbiya sohasida tegishli diplomga ega bo‘lish;

sport va jismoniy tarbiyani o‘qitish sohasida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

o‘zbek, rus va ingliz tillarini yaxshi bilish.

Bajariladigan ish muddati:

Mazkur ishni bajarish muddati 2 (ikki) oyni tashkil etadi.

To‘lov miqdori:

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi asosida belgilanadi. To‘lov ish natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoada ishlay olish, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

Ish vaqti: haftasiga 20 soatni tashkil etadi.

Talabgor Akademiyaning Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasiga shaxsan murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: fuqarolik pasporti yoki ID-karta, ma’lumotnoma-obyektivka (rezyume), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan so‘ng, zaruratga ko‘ra, talabgor bilan tanlov komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 20-sentabrgacha.

Telegram Facebook