START WEEK: Akademiyada birinchi bosqich talabalari uchun moslashuv haftaligi yakunlandi

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

START WEEK: Akademiyada birinchi bosqich talabalari uchun moslashuv haftaligi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan START WEEK dasturida 300 nafardan ortiq birinchi bosqich talabasi ishtirok etdi. Haftalik davomida ular Akademiya muhiti va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, yangi o‘quv jarayoniga moslashish imkoniga ega bo‘ldi.

Dastur doirasida psixologik treninglar, sport musobaqalari, intellektual va musiqiy tanlovlar hamda turli jamoaviy o‘yinlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida talabalarning nafaqat bilimi, balki keng dunyoqarashi, zukkoligi va ijodiy qobiliyatlari ham namoyon bo‘ldi. Psixologik treninglar va jamoaviy o‘yinlar ularning o‘zaro muloqot qilishi, bir-biri bilan yaqindan tanishishi hamda jamoa bo‘lib ishlashi uchun imkoniyat yaratdi.

Mazkur haftalik talabalarni o‘zaro yaqinlashtirib, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviylik muhitini shakllantirishga xizmat qildi. START WEEK birinchi bosqich talabalari uchun yangi muhit bilan tanishuvdan yagona jamoa sifatida shakllanish sari dastlabki qadam bo‘ldi.

Telegram Facebook