O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy-ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy-ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Hozirgi vaqtda Akademiyaning Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash va ijro ishi yurituvi kafedrasiga ilmiy-ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish zarurati mavjud.

Talabgor taqdim etgan hujjatlar ma’qullangan va u tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, talabgor bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

kafedraga biriktirilgan modullar bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlar va o‘quv-metodik majmualarni tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish;

kafedra yo‘nalishlariga oid yangi modullar bo‘yicha yaratiladigan o‘quv-metodik majmualarni o‘rganish va tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

modullar doirasida kazuslar, mantiqiy va test savollari, shuningdek, amaliy topshiriqlar bazasini shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish;

kafedraga biriktirilgan modullarga oid elektron ta’lim materiallarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish;

o‘quv-metodik materiallarni tahlil qilish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

modullar doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda natijalar asosida o‘quv modullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

dars jarayonlarini tahlil qilish va kafedra professor-o‘qituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

o‘zbek va rus tillarida ma’ruza, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarini erkin olib borish malakasiga ega bo‘lish;

tegishli sohada yetarli nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish;

pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun zarur kasbiy, tashkilotchilik, kommunikativ va tahliliy qobiliyatlarga ega bo‘lish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olish.

Bajariladigan ish muddati:

Ishni bajarish muddati 3 (uch) oyni tashkil etadi.

To‘lov miqdori:

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi asosida belgilanadi va ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Qo‘shimcha talablar:

Tashabbuskorlik, jamoada samarali ishlay olish va berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

Ish vaqti:

Ish vaqti taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Talabgor Akademiyaning Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash va ijro ishi yurituvi kafedrasiga shaxsan murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

fuqarolik pasporti yoki ID-karta;

obyektivka (rezyume);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;

mehnat daftarchasining nusxasi;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, zaruratga ko‘ra, talabgor bilan tanlov komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 25-sentabrgacha.

Telegram Facebook