Akademiya rahbariyati va xodimlari tomonidan 2-5 fevral kunlari Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari va prokuraturalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatining samaradorligi masalalari joylarga chiqish orqali navbatdagi o'rganish o'tkazildi.
Joylarga chiqish orqali o'tkazilgan uchrashuvlar davomida viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, shuningdek tuman prokurorlari va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari bilan har bir tumanda sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek ularning sodir etilishining asosiy sabablari tahlil qilindi.
Tahlil natijalari bo'yicha huquqbuzarliklarni kamayishiga erishishga qaratilgan, birinchi navbatda AKTni keng joriy etish va undan foydalanish, jamoat nazorati va davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini jalb etish kabi tegishli takliflar ishlab chiqildi, Toshkent shahar Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ijobiy tajribalari namoyish etildi.
Bundan tashqari, Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Xorazm hududiy idoralararo komissiyasining o'tgan davr mobaynida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi ishlari o'rganilib, hududiy idoralararo komissiya ekspert guruhining ishini tashkil etish, shuningdek belgilangan vazifalarni bajarilishining samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.