“Muvaffaqiyat sirlari”: kasbiy sadoqat va hayotiy tajriba mavzusida muloqot

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

“Muvaffaqiyat sirlari”: kasbiy sadoqat va hayotiy tajriba mavzusida muloqot

2026 yil 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida birinchi bosqich talabalari uchun «Muvaffaqiyat sirlari» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Boymirzayevna Artikova hamda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Barno Akbutaevna Umarova ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida prokuratura organlarida xizmat qilishning sharafli va mas’uliyatli jihatlari, ayol prokurorning kasbiy qiyofasi hamda professional faoliyatda zarur bo‘lgan fazilatlar xususida so‘z yuritildi.

Vatan va kasbga sadoqat, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson qadr-qimmatini himoya qilish, halollik, kamtarlik va mehnatsevarlik muvaffaqiyatning muhim omillari ekani alohida ta’kidlandi.

Ochiq muloqot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Mazkur uchrashuv ularning kasbiy dunyoqarashini boyitish va kelgusidagi maqsadlarini belgilab olishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram Facebook