O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi iqtisodiy huquqni qo‘llashga oid ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi! (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi iqtisodiy huquqni qo‘llashga oid ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirish bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi! (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Sudlarda prokuror vakolatani ta’minlash va ijro ishi yurituvi kafedrasiga iqtisodiy huquqni qo‘llashga oid ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish sohasidagi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

ilmiy-ta’limni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

kafedraga biriktirilgan modullar bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlar va o‘quv-metodik majmualarni o‘quv rejalari, o‘quv-metodik majmualarni sifatli tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

kafedrasi predmetiga taalluqli bo‘lgan, kelgusida yaratiladigan modullar bo‘yicha yangi o‘quv-metodik majmualarni o‘rganish, tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

modullar doirasida kazus, mantiqiy va test savollari hamda amaliy topshiriqlar bazasini shakllantirishda uslubiy tavsiyalar berish;

kafedraga biriktirilgan modullar predmetiga taalluqli bo‘lgan elektron ta’lim materiallarini tayyorlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;

o‘quv-metodik materillarni tahlil qilish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish;

modullar doirasida o‘tilgan dars mashg‘ulotlari yuzasidan talabalarni fikrlarini o‘rganib, natijalari bo‘yicha o‘quv modullariga takliflar berish;

dars jarayonlarini tahlil qilish hamda mas’ul kafedra professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

O‘zbek va rus tillarida ma’ruza, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari erkin olib borish malakasiga ega bo‘lish;

Tegishli fan sohasi bo‘yicha yetarli nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish;

Pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun zarur kasbiy, tashkilotchilik, kommunikativ va tahliliy qobiliyatlarga ega bo‘lish.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnalogiyalaridan samarali foydalana olish.

Bajariladigan ish muddati:

Mazkur ish muddati 3 (uch) oy.

To‘lov miqdori:

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

Ish vaqti: Ish vaqti kelishuv asosida.

Talabgor Akademiya sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash kafedrasiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 03.10.2026 yilga qadar.

Telegram Facebook