UNODC mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish boshlandi

UNODC mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan birgalikda O'zbekistonda viktimlashtirishga oid tadqiqot o'tkazishga doir loyihani amalga oshirish boshlandi.

So'rov natijalari hukumat, huquqni mohofaza qilish organlari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun mas'ul bo'lgan har qanday  manfaatdor tomonlar uchun qimmatli ma'lumot manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Viktimlashtirish bo'yicha milliy tadqiqotlar dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan Buyuk Britaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Avstraliya, Finlyandiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida o'tkazilgan.

Bosh prokuratura Akademiyasi BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bilan birgalikda ushbu tadqiqot uchun so'rov o'tkazish istagida bo'lgan tashkilotlarni izlamoqda. Qiziqish bildirgan nomzodlarga quyidagi havola orqali ariza topshirishga taklif qilinadi: https://www.unodc.org/centralasia/en/procurement-notices.html