Akademiya magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul e’lon qilinadi
Akademiya magistraturasining quyida ko‘rsatilgan mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan nomzodlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin:
- Tashqi nomzodlar – «Korrupsiyaga qarshi kurashish», «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» (o‘zbek guruhi, kunduzgi ta’lim), «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» (o‘zbek va rus tili guruhlari, kunduzgi va masofaviy ta’lim), «Prokurorlik faoliyati» (o‘zbek guruhi, kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim) mutaxassisliklari bo‘yicha;
- Ichki nomzodlar – «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» (o‘zbek guruhi, masofaviy ta’lim) va «Prokurorlik faoliyati» (o‘zbek guruhi, masofaviy ta’lim) mutaxassisliklari bo‘yicha;
- Vakolatli davlat organlari xodimlari – «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» (o‘zbek va rus tili guruhlari, kunduzgi va masofaviy ta’lim) hamda «Prokurorlik faoliyati» (o‘zbek guruhi, masofaviy ta’lim) mutaxassisliklari bo‘yicha.
Nomzodlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarini 2026-yil 15-oktabrgacha Akademiya qabul komissiyasiga info@proacademy.uz elektron pochta manzili orqali yuborishlari mumkin. Ichki nomzodlar va vakolatli davlat organlari xodimlari arizalariga bevosita rahbarining tavsiyanomasini ham ilova qiladilar.
Barcha nomzodlar uchun ariza namunasi.
Ichki nomzodlar va vakolatli davlat organlari xodimlari uchun bevosita rahbarining tavsiyanomasi namunasi.