Akademiya magistraturasida o'quv yilining boshlanishi: yangi marralar

Akademiya magistraturasida o'quv yilining boshlanishi: yangi marralar

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining magistraturasiga kirish imtihonlari yakunlandi, kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan 30 nafar tinglovchi magistraturaga qabul qilindi.

2020 yilning 9 oktyabr kuni yangi o'quv yilining ochilishi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Akademiya rahbariyati, xodimlari va professor-o'qituvchilari hamda magistratura tinglovchilari ishtirok etdilar.

Akademiya boshlig'i E.V.Kolenko yig'ilganlarga tabrik so'zi bilan murojaat qildi, u har tomonlama bilim va yuqori malakaga ega, xalqaro standartlarga javob beradigan va o'z kasbiga sadoqatli yangi kadrlarni tayyorlash muhimligini ta'kidladi, shuningdek magistraturada o'qitishning asosiy tamoyillari, amaliy xususiyati va prokuratura organlarining amaliy faoliyati bilan uzviy bog'liqligi haqida to'xtaldi.

Akademiyaning professor-o'qituvchilari tinglovchilarni amaliyotda keng qo'llaniladigan nazariy bilimlarni takomillashtirishga, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga, akademik mobillikni amalga oshirishga qaratilgan o'qitish usullari va boshqa imkoniyatlar bilan tanishtirdilar.

Tinglovchilar o'qish va kelgusida professional o'sish traektoriyasini samarali tashkil etishga ko'mak beradigan zarur ma'lumotlarga ega bo'ldilar.