O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga 2026/2027 o‘quv yili uchun davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilish uchun yetarli ball to‘play olmagan nomzodlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinish imkoniyati yaratildi.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Akademiyada belgilangan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda belgilangan.
1. «60420300 – Tergov faoliyati» yo‘nalishi
|
Nomzodning to‘plagan balliga oid shartlar |
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori |
|
O‘tish balliga 2,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari |
|
O‘tish balliga 2,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari |
|
O‘tish balliga 4,06 balldan 6,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari |
|
O‘tish balliga 6,06 balldan 8,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 3 barobari |
|
O‘tish balliga 8,06 ball va undan ortiq yetmagan, biroq kamida 116,7 ball to‘plagan |
Bazaviy kontrakt miqdorining 13 barobari |
|
116,7 balldan kam to‘plagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 13 barobariga teng summaning ikki karrasi |
2. «60420100 – Yurispudensiya» va «60421600 – Kiberhuquq» yo‘nalishlari – kunduzgi ta’lim shakli
|
Nomzodning to‘plagan balliga oid shartlar |
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori |
|
O‘tish balliga 1,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari |
|
O‘tish balliga 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari |
|
O‘tish balliga 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari |
|
O‘tish balliga 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 3 barobari |
|
O‘tish balliga 4,06 ball va undan ortiq yetmagan, biroq kamida 56,7 ball to‘plagan |
Bazaviy kontrakt miqdorining 13 barobari |
3. «60420100 – Yurispudensiya» yo‘nalishi – masofaviy ta’lim shakli
|
Nomzodning to‘plagan balliga oid shartlar |
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori |
|
O‘tish balliga 1,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari |
|
O‘tish balliga 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari |
|
O‘tish balliga 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari |
|
O‘tish balliga 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 3 barobari |
|
O‘tish balliga 4,06 ball va undan ortiq yetmagan, biroq kamida 56,7 ball to‘plagan |
Bazaviy kontrakt miqdorining 13 barobari |
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun shartlar quyida alohida keltirilgan.
4. «60420100 – Yurispudensiya» yo‘nalishi – ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim, masofaviy ta’lim shakli
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘tish balli – 102,9 ball.
|
Nomzodning to‘plagan balliga oid shartlar |
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori |
|
O‘tish balliga 1,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari |
|
O‘tish balliga 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari |
|
O‘tish balliga 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari |
|
O‘tish balliga 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 3 barobari |
|
O‘tish balliga 4,06 ball va undan ortiq yetmagan, biroq kamida 46,8 ball to‘plagan |
Bazaviy kontrakt miqdorining 7 barobari |
|
46,8 balldan kam to‘plagan |
To‘lov-kontrakt miqdorining 7 barobariga teng summaning ikki karrasi |
Arizalarni topshirish tartibi
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar Akademiyada soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi:
- «60420300 – Tergov faoliyati»;
- «60420100 – Yurispudensiya» – ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim, masofaviy ta’lim shakli.
Manzil: Toshkent shahri, Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar kontrakt.edu.uz portali orqali qabul qilinadi:
- «60420100 – Yurispudensiya» – kunduzgi ta’lim shakli;
- «60421600 – Kiberhuquq» – kunduzgi ta’lim shakli;
- «60420100 – Yurispudensiya» – masofaviy ta’lim shakli, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bundan mustasno.
2026/2027 o‘quv yili uchun yillik to‘lov-kontrakt qiymati
- Kunduzgi ta’lim shaklida, stipendiyasiz – 20 100 000 so‘m.
- Masofaviy ta’lim shaklida – 18 215 000 so‘m.
Akademiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda mavjud: