Abituriyentlar diqqatiga: kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshiring
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Abituriyentlar diqqatiga: kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshiring

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar tegishli to‘lovlarni 2026-yil 15-oktyabrga qadar amalga oshirishlari lozim.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha murojaatlar tartibi:

To‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha murojaatlar quyidagi tartibda qabul qilinadi:

1. Akademiyada – soat 09:00 dan 18:00 gacha:

  • «60420300 – Tergov faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha;
  • «60420100 – Yurispudensiya» yo‘nalishining masofaviy ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha.

Manzil: Toshkent shahri, Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy.

«Yurispudensiya» yo‘nalishining masofaviy ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha o‘tish bali – 102,9 ball.

2. kontrakt.edu.uz portali orqali:

  • «60420100 – Yurispudensiya» – kunduzgi ta’lim shakli;
  • «60421600 – Kiberhuquq» – kunduzgi ta’lim shakli;
  • «60420100 – Yurispudensiya» – masofaviy ta’lim shakli, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bundan mustasno.

2026/2027 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati

Bir yillik o‘qitish qiymati:

  • kunduzgi ta’lim shaklida, stipendiyasiz – 20 100 000 so‘m;
  • masofaviy ta’lim shaklida – 18 215 000 so‘m.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bazaviy kontrakt qiymatidan farq qiladi va tegishli qabul shartlari asosida belgilanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda Facebook, Instagram va Telegram sahifalarida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 71 202 04 96 (ichki raqamlar: 1991, 1727); +998 94 004 02 49.

Telegram Facebook