O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasida onlayn o'quv mashg'uloti tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasida onlayn o'quv mashg'uloti tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi o'rtasida 2020 yilning 2-yarmida hamkorlikda xodimlarni malakasini oshirish bo'yicha tuzilgan ishchi o'quv rejasi doirasida Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan onlayn o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

O'quv mashg'ulotida Transport prokuraturasi markaziy mahkamasi xodimlari hamda onlayn tarzda hududiy transport prokuraturalari xodimlari ishtirok etdilar. Mazkur mashg'ulot tergov amaliyotida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimiga bag'ishlandi hamda interaktiv tarzda savol-javob va munozaralar shaklida o'tkazildi.

Hamkorlikdagi ishchi o'quv rejasi doirasida shunga o'xshash amaliyotga yo'naltirilgan o'quv tadbirlarini muntazam tarzda o'tkazilishiga kelishib olindi.