Akademiya talabasi xalqaro huquq olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya talabasi xalqaro huquq olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriat fakultetining 3-bosqich talabasi Kibriyo To‘ymurodova Dushanbe shahrida o‘tkazilgan xalqaro talabalar olimpiadasida xalqaro huquq yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi.

Olimpiada Xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti tomonidan tashkil etilgan «Barqaror turizm va madaniy meros» xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Kibriyo To‘ymurodova ikkinchi o‘rinni egallab, pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Telegram Facebook