O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bo‘lim boshlig‘i A. Ibrayimov Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bo‘lib o‘tgan «Yuridik kadrlarning malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish masalalari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Akademiyaning ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha to‘plagan amaliy tajribasi va bu texnologiyalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritildi. Konferensiyada ushbu tajribani yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.