Odil sudlovga oid xalqaro standartlar va ularni amalga oshirish sohasidagi darslik nashr etildi

Odil sudlovga oid xalqaro standartlar va ularni amalga oshirish sohasidagi darslik nashr etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mutaxassislarni tayyorlovchi muassasalarning ilmiy-ta'lim salohiyatini oshirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan milliy, xorijiy va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishning turli jihatlari bo'yicha ixtisoslashgan adabiyotlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Akademiya tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi bilan birgalikda «Odil sudlovga oid xalqaro standartlar va ularning O'zbekiston Respublikasida joriy etilishi» mavzusidagi darslik tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'quv-uslubiy muvofiqlashtiruvchi Kengashining 14.08.2020 yildagi 418-234-sonli qarori bilan darslik nashrga tavsiya etildi. 

Darslikda odil sudlovga oid xalqaro standartlarning asosiy yondashuvlari ochib berilgan, shuningdek tinglovchilar tomonidan ularni qo'llash bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan keng material taqdim etilgan.

Nashr ma'lumotlari: Ismailov B.I., Nasriev I.I. Международные стандарты в сфере справедливого правосудия и их реализация в Республике Узбекистан». // Учебник. Академия Генеральной прокуратуры Республики Узбекистан, Высшая школа судей при Высшем судейском совете Республики Узбекистан. -Ташкент: «Yuridik adabiyotlar publish», 2020. -264с.