Huquqni muhofaza qilishda sun’iy intellekt: mas’uliyat va huquqiy kafolatlar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Huquqni muhofaza qilishda sun’iy intellekt: mas’uliyat va huquqiy kafolatlar

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va EXHT hamkorligida o‘tkazilgan ikki kunlik trening yakunlandi. Unda huquqni muhofaza qilish faoliyatida, jumladan terrorizmga qarshi kurashishda sun’iy intellektdan mas’uliyatli va axloqiy foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Trening ochilishida Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i Sardor Urozbayev, EXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Antti Karttunen, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Matthias Follert hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlarda inson huquqlarini ta’minlash, shaxsiy hayot daxlsizligi, tenglik va kamsitmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, inson nazoratini saqlash hamda sun’iy intellekt natijalarini tanqidiy baholash masalalari ko‘rib chiqildi.

Trening ishtirokchilarning sun’iy intellekt vositalarini huquqni muhofaza qilish amaliyotida qonuniy va xavfsiz qo‘llash, inson huquqlarini himoya qilish hamda texnologiyalar natijalarini tanqidiy baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Telegram Facebook