Akademiya talabalari Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya talabalari Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari uchun Olimpiya shaharchasiga tanishuv tashrifi tashkil etildi. Tashrif yakunida majmua rahbariyati bilan talabalar o‘rtasida turli sport turlari bo‘yicha spartakiadani shu yerda o‘tkazishga kelishib olindi.

Talabalar yakkakurash sport turlari uchun mo‘ljallangan zallar, zamonaviy velotrek, jamoaviy sport maydonlari hamda suv sporti majmuasidagi basseynlar bilan tanishdi.

Tashrif mamlakatimizda sportni rivojlantirish va ommaviy sportni keng targ‘ib etish uchun yaratilgan sharoitlar haqida talabalarning amaliy tasavvurini kengaytirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga, sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirishga qaratildi.

Telegram Facebook