O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyoda terrorizmga oid ishlar bo‘yicha sud jarayonlarida elektron dalillardan foydalanish: tajriba almashish bo‘yicha mintaqaviy amaliy seminar»da ishtirok etdi. Seminar terrorizmga oid jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqishda elektron dalillar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlandi.
Muhokamalarda elektron dalillarning jinoyat protsessidagi ahamiyati, ulardan samarali foydalanishning huquqiy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar xorijiy tajriba bilan almashib, dalillarni to‘plash va baholashda uchraydigan muammolar hamda ularni hal etish yondashuvlarini muhokama qildi.
Elektron dalillar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish tergov jarayonida qonuniylikka rioya etish va sudda dalillarga xolis baho berish uchun muhim. Ostonadagi seminar ushbu masalalar bo‘yicha mintaqaviy muloqot va tajriba almashish uchun maydon