O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida vazirlik xodimlari Akademiyaning o‘z elektron axborot-ta’lim platformasida kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika bo‘yicha qisqa muddatli masofaviy kurslarda o‘qishni boshladi.
Kurslar kiberxavfsizlik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda raqamli kriminalistika uskunalarini qo‘llashni qamrab oladi.
O‘quv dasturi xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz foydalanish, raqamli kriminalistika uskunalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.