Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarma boshliqlari o'rinbosarlari uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursi yakunlandi.
O'quv kursi dasturi iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishni tashkil etish, jinoiy sxemalar va korruptsion qilmishlarni aniqlashda tizimli tahlil va ilg'or
usullardan foydalanish, moliyaviy tahlilni amalga oshirish, Departament organlarida boshqaruv faoliyatini tashkil etish kabi mavzularni qamrab olgan.
Malaka oshirish kursi yakuni bo'yicha yakuniy imtihon masofaviy shaklda o'tkazilib, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga elektron QR-kodli sertifikatlar topshirildi.