XNNT “Buyuk Kelajak” ekspertlari bilan uchrashuv

XNNT “Buyuk Kelajak” ekspertlari bilan uchrashuv

2019 yilning 7-9 fevral kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida, Ikkinchi “O'zbekiston 2035” Xalqaro Forumiga qatnashish uchun O'zbekistonga tashrif buyurgan XNNT “Buyuk Kelajak” ekspertlari ishtirokida bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.

Uchrashuvlar davomida, Belgiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Fransiya kabi davlatlarining rivojlangan ilmiy-ta'lim va tadqiqot muassasalarida o'z faoliyatini yurutuvchi vatandoshlarimiz Akademiya faoliyati bilan tanishib chiqishdi.

Davlatimizda olib borilayotgan islohotlarda faol qatnashayotgan ekspertlar o'quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy ta'limni keng joriy etishda erishilgan natijalarni ta'kidlab o'tishdi.

O'tkazilgan uchrashuvlarda mehmonlar o'quv jarayonini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni va loyihalarni amalga oshirish borasidagi tajribalari va fikrlari bilan almashishdi.

Ushbu uchrashuvlar natijasida Akademiya faoliyatining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish to'g'risida kelishuvga erishildi.