Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi huzuridagi DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02 raqamli Ilmiy kengaş majlisida Akademiya xodimi Xalilov Şohruh Mirzoning dissertatsiya işi himoya qilindi. Tadqiqot 12.00.09 – «Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi» ixtisosligi böyiça yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun bajarilgan.
«Tergovchining protsessual maqomini takomillaştiriş masalalari» mavzusidagi işda tergovchining mustaqilligini ta’minlaş kafolatlari kompleks tarzda asoslangan. Xususan, jinoyat işlarini xolis mezonlar asosida taqsimlaş, tergov organi rahbari vakolatlarining chegaralarini belgilaş va tergovchini noqonuniy aralaşuvdan sud orqali himoya qiliş böyiça takliflar işlab çiqilgan. Bu yondaşuvlar dastlabki tergovda qonuniylik va xolislikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Himoya yakunlariga köra, dissertatsiya işi Xalilov Şohruh Mirzo Boymurod öğliga yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berişga Ilmiy kengaş tomonidan tavsiya etildi.
Akademiya jamoasi Xalilov Şohruh Mirzoni dissertatsiya işini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan tabriklab, ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar tilaydi.