Zero Waste kundalik amaliyotda: Akademiya chiqindilarni kamaytirib, resurslarni asraydi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Zero Waste kundalik amaliyotda: Akademiya chiqindilarni kamaytirib, resurslarni asraydi

Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi talabalar, tinglovchilar, professor-öqituvchilar va xodimlarni Zero Waste tamoyillari atrofida birlaştirib, mas’uliyatli iste’mol va resurslarga ehtiyotkor munosabat amaliyotini rivojlantirmoqda.

Akademiyada har duşanba kuni Meatless Monday aksiyasi ötkaziladi. Bu barqaror ovqatlanish odatlarini şakllantirish va atrof-muhitga tuşadigan yukni kamaytirishga qaratilgan xalqaro taşabbusdir. Navbatdagi aksiyada 972 nafar kişi ixtiyoriy iştirok etdi: 722 nafar talaba, 117 nafar tinglovchi va 133 nafar öqituvchi hamda xodim.

Bu amaliyotni Akademiyada doimiy amal qiluvchi Bring Your Own Cup taşabbusi töldiradi. Unda iştirokchilar bir martalik plastikdan foydalanishni kamaytirish maqsadida özlarining köp marta işlatiladigan idişlaridan foydalanadilar. Aksiya kuni 500 nafardan ziyod iştirokchi özining köp marta işlatiladigan idişlaridan foydalandi.

Taqdim etilgan hisob-kitoblarga köra, ikki taşabbusning bir kunlik umumiy natijasi quyidagicha baholangan:

·                    21,1 kVt·soat elektr energiyasi tejalishi;

·                    200 litr içimlik va 25 litr texnik suv tejalishi;

·                    160 litr oqova suv hosil böl işining oldi olinishi;

·                    2,5 kilogramm plastik chiqindi hosil böl işining oldi olinishi va plastik qadoqlaş materiallari sarfining 0,4 kilogrammga kamayishi;

·                    CO₂ chiqindilarining hisob-kitob böyiça 76,25 kilogrammga qisqarishi.

Jamoa iştirokidagi uşbu taşabbuslar suv va energiyani tejash, plastik chiqindilarni kamaytirish hamda uglerod izini qisqartirishga xizmat qiladi. Meatless Monday va Bring Your Own Cup taşabbuslari Zero Waste tamoyillarini kundalik amaliyotga tatbiq etib, BMTning 6, 7, 12 va 13-Barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qöşadi.

Telegram Facebook