Konsorsium kadrlar tayyorlaşda idoralararo hamkorlikni mustahkamlamoqda
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Konsorsium kadrlar tayyorlaşda idoralararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Raqamli transformatsiya, kiber tahdidlar va transchegaraviy jinoyatçilik huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun mutaxassislar tayyorlaşga qöyilayotgan talablarni oşirmoqda. Bu çaqiriqlarga javob berişda ta’lim taşkilotlarining öquv, ilmiy va amaliy salohiyatini birlaştiruvçi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Özbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvçi organlar oliy ta’lim taşkilotlari Konsorsiumini taşkil etiş töğrisidagi memorandum 2026 yil iyun oyida imzolangan. Konsorsium tarkibiga Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, İçki işlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kirgan. Konsorsiumning ilk Muvofiqlaştiruvçi kengaşiga raislik Huquqni muhofaza qiliş akademiyasiga yuklatilgan.

Hamkorlik doirasida köp lab qöşma va oçiq maşğulotlar ötkazildi, öquv naşrlari tayyorlandi, öquv materiallari ekspertizadan ötkazildi. Yuridik fanlar böyiça önlab öquv dasturi işlab çiqilib, içki va taşqi taqrizdan ötkazildi.

2026 yil 10 noyabr kuni Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida Özbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvçi organlar oliy ta’lim taşkilotlari Konsorsiumining muvofiqlaştiruvçi Kengaş yig‘ilişi bölib ötdi.

Muvofiqlaştiruvçi kengaş yig‘ilişida mas’ul idoralar va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirokida Konsorsium faoliyatini kelgusida samarali amalga oşiriş masalalari körib çiqildi. Yig‘iliş kun tartibiga Konsorsium Reglamentini tasdiqlaş, Kengaş, Kotibiyat va Ijro apparatini şakllantiriş hamda 2027–2029 yillarga möljallangan faoliyat rejasini tasdiqlaş masalalari kiritildi. Reja hamkorlikning sakkizta yönalişini qamrab oladi.

Umumiy qoidalarning belgilanişi, mas’ul tuzilmalarning şakllantirilişi va uç yillik rejaning tasdiqlanişi idoralararo hamkorlikni tizimli yö lga qöyiş hamda qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni izçil davom ettiriş uçun asos yaratadi.

Telegram Facebook