2019 yil 8 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekistondagi Koreya Respublikasi elchisining maslahatchisi Kim Dju U bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida masofaviy ta'limni rivojlantirish, jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida aloqalarni yo'lga qo'yish borasida hamkorlikni o'rnatish istiqbollari muhokama qilindi.
Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida Akademiya bilan Koreya Respublikasining rivojlangan ilmiy-ta'lim markazlari bilan qo'shma ishlar olib borish mexanizmlarini yaratish masalalari ko'rib chiqildi.
Konstruktiv muloqot yakunida tomonlar barcha yo'nalishlarda har tomonlama va o'zaro qo'llab-quvvatlashga kelishib olishdi.