Joriy yilning 7 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida natijaga yo'naltirilgan boshqaruv (RBM) masalasi bo'yicha BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasi (GJB) ekspertlik missiyasi doirasida kuzatuv guruhi eksperti Djuzeppe de Simon bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda BMTning GJB ekspertlik missiyasi BMTning GJB dasturlari va loyihalarini rejalashtirish, BMTning GJB ko'maklashish jarayonining milliy strategiyalar bilan mutanosibligi yuzasidan hamkorlarning fikr-mulohazalarini o'rganish yo'li bilan RBM ni amalga oshirish samaradorligi va natijadorligini baholash maqsadida tashkil etilganligi ta'kidlab o'tildi.
Uchrashuv davomida o'rnatilgan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorlik darajasi, Akademiyaning ilmiy-ta'limiy va tadqiqotchilik salohiyatini
takomillashtirish borasida erishilgan yutuqlar va bunda BMT GJB ning roli masalalari ko'rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida BMT GJB bilan hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda intensivlikni ta'minlash va o'zaro faoliyat sifatini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar berildi.