BIZNES VA BOSHQARUV RESPUBLIKA OLIY MAKTABI BILAN HAMKORLIK TO'G'RISIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

BIZNES VA BOSHQARUV RESPUBLIKA OLIY MAKTABI BILAN HAMKORLIK TO'G'RISIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

2019 yil 8 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi o'rtasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.

Tadbir doirasida taraflar kadrlarni tayyorlash, professional qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tomonlar o'zaro hamkorlik masalalari yuzasidan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari xodimlarining malakasini oshirish, prokuratura organlari faoliyatiga loyiha boshqaruvini joriy etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarida birgalikda ishtirok etish, o'quv-metodik ishlarda o'zaro ilmiy-amaliy tajriba almashish, shuningdek ko'rsatib o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha masofaviy o'qitishni tashkil etish masalalarida hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirdilar.