Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida AQŞ Adliya vazirligi huzuridagi Xorijda prokuror kadrlarini rivojlantirish, ularga kömaklaşish va öqitiş ofisi (OPDAT)ning huquqiy masalalar böyiça doimiy maslahatchisi Aaron Lukoff bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida A. Lukoff Akademiyaning faoliyati, asosiy vazifalari, taşkiliy tuzilmasi va rivojlanişning ustuvor yö nalişlari bilan taniştirildi. Xususan, zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etiş, amaliyotga yö naltirilgan ta’limni takomillaştiriş, ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantiriş hamda ta’lim jarayonini raqamlaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, ta’lim va ilmiy-amaliy sohalarda hamkorlikni rivojlantirişning istiqbolli yö nalişlari muhokama qilindi. Jumladan, qöşma öquv dasturlarini ishlab çiqiş, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda trening va seminarlar taşkil etiş, şuningdek, transmilliy jinoyatçilik, kiberjinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohalarida professional tajriba almaşiş imkoniyatlari körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş va muhokama qilingan ustuvor yö nalişlar böyiça qöşma taşabbuslarni amalga oşirişdan özaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.