Akademiya talabalari xalqaro toifadagi sport ustalari bilan uçraşdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya talabalari xalqaro toifadagi sport ustalari bilan uçraşdi

Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida «Ğalaba sari yo‘l – matonat, intizom va fidoyilik» şiori ostida xalqaro toifadagi sport ustalari bilan uçraşuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoşlar o‘rtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularning sportga bo‘lgan qiziqişini oşiriş, şuningdek, vatanparvarlik va yuksak irodaviy fazilatlarni şakllantirişga qaratildi.

Uçraşuvda boks bo‘yiça qator turnirlar sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi Nodirbek Mirzaaxmedov hamda dzyudo bo‘yiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Bekmurod Oltiboyev iştirok etdi.

Muloqot davomida sportçilar o‘zlarining sport faoliyati, erişgan natijalari va musobaqalarda orttirgan tajribalari haqida so‘zlab berdilar. Şuningdek, yuqori natijalarga erişiş yo‘lida düç kelgan qiyinçiliklar va ularni yengib o‘tişda qat’iyat, intizom hamda muntazam maşğulotlarning ahamiyati haqida fikr yuritdilar.

Oçiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Sportçilar şaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlāşib, sportdagi yutuqlar maşaqatli mehnat, sabr-toqat va maqsad sari izçil intiliş natijasi ekanini ta’kidladilar.

Uçraşuvda sportning nafaqat jismoniy kamolot, balki şaxsiy intizomni mustahkamlāş, qiyinçiliklarni yengib o‘tiş va mas’uliyat hissini şakllantirişdagi ahamiyatiga ham e’tibor qaratildi.

Sportçilarning hayotiy tajribasi va sportdagi yutuqlarga erişiş yo‘li talabalar uçun ibrat bo‘lib, ularda qat’iyat, intizom va oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erişişga intiliş kabi fazilatlarni mustahkamlāşga xizmat qiladi.

Telegram Facebook