“Jinoyatlarni oldini olish va jinoiy sudlov ishlari tizimi” mavzusidagi o'quv kurslarida ishtirok etildi

“Jinoyatlarni oldini olish va jinoiy sudlov ishlari tizimi” mavzusidagi o'quv kurslarida ishtirok etildi

Mashg'ulotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish Osiyo va Uzoq sharq institutida (UNAFEI) o'tkazildi.

O'quv jarayonida jinoyatlarni oldini olish va jinoiy sudlov haqidagi Doxa deklaratsiyasi qoidalarini ijro etish bo'yicha xalqaro choralar, diskriminatsiyaning barcha turlariga oid milliy va xalqaro tendentsiyalar, kamsitishlar zamirida sodir etilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararni qoplash tartibi, ayollarga nisbatan sodir etilgan zo'rlik holatlarini bartaraf etish choralari kabi mavzular yoritildi.

Dastur doirasida Yaponiya Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Kioto prokuraturasi, Kioto politsiyasiga tashrif uyushtirilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Yaponiyada odil sudlov jarayoni, sudlarda jinoyat ishlarini ko'rish tartibi va ushbu jarayonlarda ishlatiladigan zamonaviy texnik vositalar haqida ma'lumotlar berildi.