Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi vakillari Belarus Respublikasining Minsk şahrida taşkil etilgan «Tergov faoliyati: fan, ta’lim, amaliyot» mavzusidagi VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etdi.
Belarus Respublikasi Tergov qömitasi hamda uning Malaka oshirish va qayta tayyorlaş instituti hamkorligida taşkil etilgan anjumanda Özbekiston, Belarus va Rossiya davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari, yetakçi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari qatnaşdilar.
Konferensiya doirasida jinoyatlarni tergov qiliş sohasidagi zamonaviy muammolar, jinoyat-protsessual faoliyatni takomillaştirish hamda innovatsion ilmiy-texnik yeçimlarni huquqni muhofaza qiliş amaliyotiga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, jinoyat işlarini yuritishni raqamlaştirish, raqamli kriminalistikani rivojlantirish, kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşish, raqamli izlardan isbotlaş jarayonida foydalanish va sud-ekspertlik faoliyatini takomillaştirishga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, dastlabki tergovni kriminalistik jihatdan ta’minlaş, daliliy ahamiyatga ega axborotni aniqlash va tadqiq etishda zamonaviy texnologiyalarni qöllash, tergov faoliyati samaradorligini oshiriş hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy tayyorgarligini takomillaştirish masalalari yuzasidan ilmiy muhokamalar ötkazildi.
Akademiya vakillarining xalqaro konferensiyada iştiroki xorijiy ixtisoslaşgan muassasalar bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlaş, ilg‘or xalqaro tajribani örganish hamda jinoyatlarni, şu jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilişning ilmiy-metodik asoslarini takomillaştirishga xizmat qiladi.