2019 yil 11 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan “Fan soati” loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot metodologiyalari” mavzusiga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.
Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasi va IIV Akademiyasining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlar qatnashdi. Seminarda IIV Akademiyasining oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim fakulteti boshlig'i, f.f.d, professor SH.O.Mamadaliev ma'ruza qildi.
Ma'ruzachilar tomonidan ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalarini shakllantirish, obyekti va predmetini belgilash, uning metodlari bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.