Qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qiliş va transmilliy tahdidlarga qarshi kuraşişda xalqaro hamkorlik Taşkent Law Enforcement Forum – 2026 xalqaro ilmiy-amaliy forumi kun tartibining asosiy yo‘nalişlaridir. Ikki kunlik dastur 26 noyabr kuni Taşkentda boşlanib, 27 noyabr kuni Samarqandda davom etadi. «Qonuniylik va huquq-tartibot himoyasida: zamonaviy tahdidlar va yangi yeçimlar» mavzusidagi forum Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bag‘işlangan uç haftalik tadbirlar turkumining davomi.
Bugungi şaroitda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlaş masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jinoyatçilikning transmilliy tus olişi, raqamli texnologiyalarning keng tarqalişi, korrupsiyaning yangi shakllari, jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallaştiriş, kiberxavfsizlikka tahdidlar va boşqa muammolar huquqni muhofaza qiluvçi organlardan milliy çora ko‘riş mexanizmlarini takomillaştiriş bilan bir qatorda, xalqaro hamkorlikning samarali shakllarini yo‘lga qo‘yişni ham talab etmoqda. Şu bois tajriba almaşiş, kasbiy muloqot olib borish va kelişilgan yondaşuvlarni ishlab çiqiş huquqiy xavfsizlik hamda davlat institutlari barqarorligini mustahkamlashning muhim şartlariga aylanmoqda.
Forumda 30 mamlakatdan kelgan 100 nafardan ortiq xorijiy ekspert va mutaxassis iştirok etmoqda. Prokuratura organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar rahbarlari, xalqaro taşkilotlar vakillari, yetakçi olimlar va amaliyotçilar turli huquqiy tizimlar uçun umumiy bo‘lgan vazifalarni hal etişdagi milliy yondaşuvlarni qiyosiy tahlil qiladilar. Muhokamalardan maqsad – huquqni muhofaza qiliş amaliyotini takomillaştiriş va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş bo‘yiça takliflar ishlab çiqişdan iborat.
Forumning birinçi kuni dasturidan yalpi majlis, to‘rtta parallel sessiya va ikkita mavzuli tadbir o‘rin olgan.
Yalpi majlisni Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoşev oçdi. Prezident Administratsiyasi va Oliy Majlis palatalari vakillari, Konstitutsiyaviy sud, İçki işlar vazirligi, Milliy gvardiya va Bojxona qo‘mitasi rahbarlari forum iştirokçilarini qutladilar. BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik bo‘yiça boşqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakili Oliver Ştolpe hamda EXHTning Özbekistondagi loyihalari muvofiqlaştiruvçisi ofisi rahbari vazifasini bajaruvçi Andrian Krintya ham so‘zga çiqdi.
Yalpi majlisda zamonaviy tahdidlar şaroitida huquqni muhofaza qiliş institutlarini rivojlantiriş, mamlakatlar o‘rtasida tajriba almaşiş hamda davlat idoralarining xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uçta parallel sessiya prokuratura organlarining jinoyat-huquqiy sohadan taşqari yo‘nalişlarda fuqarolar huquqlari va jamoat manfaatlarini himoya qilişdagi faoliyatini takomillaştiriş, jinoyatlarni tergov qilişda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, şuningdek, korrupsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarshi birgalikda kuraşiş çoralariga bag‘işlangan.
To‘rtinçi sessiya Sudya va prokurorlarni tayyorlaş bo‘yiça Turkiy sud-huquq ta’limi tarmog‘ining (TJTN) xalqaro davra suhbati shaklida o‘tkazilmoqda. Unda kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşiş, raqamli dalillardan foydalanish va raqamli kriminalistikani rivojlantiriş masalalari ko‘rib çiqilmoqda.
Forum doirasidagi ikkita mavzuli tadbirda Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining kadrlar tayyorlaş va mintaqaviy hamkorlar bilan qo‘şma tadqiqotlar olib borishdagi o‘rni muhokama qilinmoqda. Şuningdek, huquqni muhofaza qiliş sohasida qarorlar ishlab çiqişda Akademiya tadqiqotlari va ekspert tahlili natijalaridan foydalanish masalalari ko‘rib çiqilmoqda.
Xalqaro huquqni muhofaza qiliş forumi doirasida xorijiy huquqni muhofaza qiliş organlari va ularning ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan bir qator uçraşuvlar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolanishi nazarda tutilgan.
Xalqaro forum işi 27 noyabr kuni Samarqandda davom etadi. Yakuniy davra suhbatida iştirokçilar to‘rtta sessiya yakunlari bo‘yiça xulosalarni ko‘rib çiqadilar va Taşkentda ilgari surilgan taşıbbuslarni muhokama qiladilar.
Mazkur forum Özbekiston prokuraturasining 35 yilligiga bag‘işlab 2026 yil 16 noyabrdan 4 dekabrga qadar taşkil etilgan xalqaro tadbirlar turkumining muhim qismi bo‘ldi. Uşbu davrda o‘tkazilgan 15 ta tadbir mingdan ortiq iştirokçi va xorijiy ekspertlarni birlaştirib, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlaşdagi zamonaviy çaqiriqlar va yangi yeçimlar yuzasidan xalqaro muloqot uçun keng imkoniyat yaratdi.
Çiqişlarda ta’kidlanganidek, zamonaviy tahdidlar tobora milliy çegaralardan oşib borayotgan şaroitda huquqiy himoyaning samaradorligi ko‘p jihatdan davlatlarning qonuniylikning umumiy tamoyillari, o‘zaro hurmat va kasbiy mas’uliyatga tayanib, hamjihatlikda harakat qila olişiga bog‘liq. Bu sohadagi xalqaro hamkorlik huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatining muhim yo‘nalişi bo‘lişi bilan birga, xavfsizlikni ta’minlaş, inson huquqlarini himoya qiliş va qonun ustuvorligini mustahkamlashning zarur şartidir.
Taşkent Law Enforcement Forum – 2026 kasbiy tajriba, ilmiy g‘oyalar va amaliy taşıbbuslarni birlaştirib, davr talablariga javob beradigan yeçimlarni izlaş uçun muloqot maydoniga aylanişi ko‘zda tutilgan. Bunday yeçimlar huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqiy institutlarga bo‘lgan işonçni oşirish hamda inson va jamiyatni zamonaviy tahdidlardan himoya qilişning yanada samarali tizimini şakllantirişga qaratilgan.