Prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bag‘işlangan «TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi doirasida birinçi parallel sessiya prokuratura organlarining jinoyat-huquqiy sohadan taşqari yo‘nalişlardagi faoliyatini takomillaştiriş masalalariga bag‘işlandi.
«Jinoyat-huquqiy sohadan taşqari yo‘nalişlarda prokuratura organlari faoliyatini takomillaştirişning dolzarb masalalari» mavzusidagi sessiyada şaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş, prokuror vakolatlarini amalga oşirişning zamonaviy mexanizmlari hamda uşbu sohadagi xalqaro tajriba muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud işlarida prokuror iştiraki, jamoat manfaatlarini sud orqali himoya qiliş, noqonuniy olingan aktivlarni qaytarish hamda qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillaştiriş masalalari o‘rin oldi.
Muhokamalarda Yaponiya Adliya vazirligi Tadqiqot va o‘quv instituti prezidenti Katsuya Kitaoka, Fransiya Milliy magistratura maktabi direktor o‘rinbosari Emmanuel Lodik-Baron, Vyetnam Prokuratura universiteti rektori Nguyen Van Hoat hamda Xalqaro Qizil Xoç qo‘mitasi Markaziy Osiyo mintaqaviy delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Jamila Hammami iştirok etdi. Şuningdek, Xitoy, Rossiya, Polşa, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va AQShdan olimlar, milliy ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari o‘z ma’ruza va takliflari bilan qatnaşdi.
Xorijiy ekspertlar prokuratura organlari faoliyatini takomillaştiriş, xalqaro hamkorlik, prokurorning fuqarolik protsessidagi va jamoat manfaatlarini himoya qilişdagi o‘rni, noqonuniy olingan aktivlarni qaytarish mexanizmlari, yangi tahdidlarga qarshi kuraşişda prokuraturaning roli, xalqaro kiberhuquq, sun’iy intellekt davrida intellektual mulkni muhofaza qiliş hamda prokuror kadrlarni tayyorlaşning zamonaviy usullari bo‘yiça xorijiy tajriba va ilmiy-amaliy yondaşuvlarni taqdim etdi.
Özbekistonning huquqni muhofaza qiluvçi, sud va ta’lim muassasalari vakillari esa fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, prokuratura organlarining taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş va ular faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etiş, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy sud işlarida prokuror iştiraki orqali davlat manfaatlarini ta’minlaş, şuningdek, davlat organlari qarorlari ustidan sud nazoratini takomillaştirişga oid taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Sessiyada zamonaviy şaroitda prokuratura organlari faoliyati jinoyatçilikka qarshi kuraşiş bilan çeklanmasligi, balki fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va davlat manfaatlarini himoya qilişning samarali mexanizmlarini rivojlantirişni ham talab etişi ta’kidlandi. Bu jarayonda kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş ham muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Sessiya yakunida bildirilgan ilmiy qaraşlar va amaliy takliflar prokuratura organlari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillaştiriş, xalqaro tajribani o‘rganish va yuridik ta’lim bilan huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratildi.