Xalqaro forumning «Jinoyatlarni tergov qilishda zamonaviy yondashuvlar: xalqaro tajriba va innovatsion texnologiyalar» mavzusidagi parallel sessiyasi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Xalqaro forumning «Jinoyatlarni tergov qilishda zamonaviy yondashuvlar: xalqaro tajriba va innovatsion texnologiyalar» mavzusidagi parallel sessiyasi

Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan «TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi doirasidagi ikkinchi parallel sessiyada jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, raqamli kriminalistika hamda innovatsion tergov usullaridan foydalanishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Sessiyada Özbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan bir qatorda Janubiy Koreya, Vengriya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va Tojikistonning prokuratura, ichki ishlar va boshqa vakolatli organlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, şuningdek, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) ekspertlari ishtirok etdi.

Sessiyaning birinchi qismida prokuratura va ichki ishlar organlarida jinoyatlarni tergov qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, zamonaviy tergov usullarini joriy etish istiqbollari, raqamli kriminalistika platformalarini rivojlantirish hamda kiberjinoyatçilikka qarshi kurashishda prokuror nazoratining örni muhokama qilindi.

Jumladan, Koreya Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan raqamli kriminalistika xizmatlarini platformalashtirishga qaratilgan DFaaS (Digital Forensics as a Service) konsepsiyasining istiqbollari taqdim etildi. Şuningdek, sun’iy intellekt va virtual reallik texnologiyalarining kriminal politsiya xodimlarini tayyorlashga ta’siri, kiberjinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha moliyaviy tergovlarni tashkil etish hamda zamonaviy global tahdidlar şaroitida jinoyatçilikka qarshi kuraşişning huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Sessiyaning ikkinchi qismi raqamli dalillar bilan işl aş, tergov jarayonlariga sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalarini joriy etish masalalariga bağişlandi. Muhokamalarda transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarshi kuraşişda yangi texnologiyalarning imkoniyatlari va ulardan foydalanish bilan bog‘liq muammolar, raqamli dalillarni tergov jarayonida to‘plaş va tadqiq etişning o‘ziga xos jihatlari yoritildi.

Şuningdek, xalqaro tajriba asosida idoraviy huquqiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, tergovchilarni kasbiy tayyorlash tizimi, sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Sessiyaning uchinchi qismida raqamli ş aklda saqlanadigan axborotning sud-huquqiy ahamiyati, uning manbalari va tergov harakatlarida qo‘llanilişi, shuningdek, jinoyatlarni aniqlash usullarining zamonaviy texnologiyalar ta’siridagi evolyutsiyasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, Tojikiston Respublikasi prokuratura organlarining faoliyatini raqamlashtirish va kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşiş tajribasi taqdim etildi.

Muhokamalarda, şuningdek, tergov jarayonlarida va bo‘lajak tergovchilarni kasbiy tayyorlaşda sun’iy intellekt agentlaridan foydalanish istiqbollari, bojxona organlarida suriştiruv jarayonida raqamli dalillar bilan işl aş hamda jinoyat protsessida raqamli dalillarni qo‘llashning ayrim masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan savol-javoblar va fikr almashinuvi o‘tkazilib, jinoyatlarni tergov qilishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, raqamli kriminalistika imkoniyatlarini kengaytirish, tergovchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish va xalqaro tajriba almashishning ahamiyati ta’kidlandi.

Sessiya milliy va xorijiy tajribani birlashtirish, tergov amaliyotiga ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

Telegram Facebook