«TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Turkiy sud-huquq ta’limi tarmoği (TJTN)ning kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşiş, raqamli dalillar va raqamli kriminalistikaning zamonaviy imkoniyatlariga bağişlangan maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tarmoqqa a’zo Özbekiston, Qozog‘iston, Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya davlatlarining prokuratura va sud organlari, şuningdek, sud-huquq ta’limi muassasalari vakillari i ştirok etdi. Tarmoqda kuzatuvçi maqomiga ega Vengriya vakillari ham sessiyaga taklif etildi.
Tadbirning ochiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boşliği vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosari, Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori hamda tarmoqqa a’zo davlatlarning sud-huquq ta’limi muassasalari rahbarlari so‘zga çıqdilar.
Maxsus sessiyada kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşiş sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaşning zamonaviy modellari, sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda sodir etiladigan kiberjinoyatlarni aniqlash va tergov qilish usullari, internet firibgarligining oldini olish va unga qarshi kuraşiş bo‘yicha milliy hamda xorijiy tajriba muhokama qilindi.
Şuningdek, raqamli dalillarning maqbulligi va ularni sud jarayonida baholaş, sud ishlarini yuritişga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etiş masalalari ko‘rib chiqildi. Bolalar o‘rtasida kiberbullingning oldini olish va ularni internet muhitidagi turli tahdidlardan himoya qilishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar davomida turkiy davlatlar o‘rtasida kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşiş bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish, raqamli dalillarni töplaş, saqlaş, tadqiq etiş va baholaşda yagona yondashuvlarni ş akllantirish, sudyalar, prokurorlar va tergovchilarning kasbiy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini oşiriş masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Maxsus sessiya turkiy davlatlarning sud-huquq ta’limi muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘şma ilmiy tadqiqotlar olib borish va o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashish imkonini berdi. Unda bildirilgan taklif va yondaşuvlar kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşiş sohasida sudyalar, prokurorlar va tergovchilarni tayyorlaş hamda ularning malakasini oşirişda xalqaro tajribadan foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega.