Bosh prokuratura Akademiyasida “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti ko'magida Shotlandiya sudyalar instituti direktori Alister Daff va AQSH federal sud markazi katta yuristi Stefani Xemmertlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Akademiya raxbariyati va professor-o'qituvchilari qatnashishdi.
S.Xemmert o'z ma'ruzasida Federal sud markazi faoliyati, professional yuridik ta'limni tashkil etish, prokurorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga oid masalalarni yoritdi hamda alohida e'tiborni ta'lim modellari, o'qitish uslublari, tinglovchilarning malakasini oshirishga qaratdi.
A.Daff o'z ma'ruzasida Shotlandiya sud tizimi, Sudyalar instituti faoliyati haqida ma'lumot berdi. Sudyalarni professional tayyorlash, katta yoshdagilar ta'limi va bilimlarini baxolash tizimining o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berdi.
Uchrashuv ishtirokchilari o'zaro hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilishdi.