«TASHKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026» xalqaro forumi doirasidagi ikkinchi mavzuli tadbir Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining mintaqaviy tadqiqot va öquv xabi sifatidagi faoliyatini rivojlantirish, raqamli ta’lim tashabbuslarini kengaytiriş hamda xalqaro hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlaşga bağişlangan hamkorlar muloqoti shaklida tashkil etildi.
Hamkorlar muloqoti «El-yurt Umidi» jamg‘armasi va Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kuraşiş agentligi bilan hamkorlikda ötkazildi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari iştirok etdi.
Raqamli ta’limga bağişlangan sessiya doirasida davlat xizmatchilarining malakasini oşiriş va aholining korrupsiyaning oldini olish sohasidagi bilimlarini yuksaltirişga xizmat qiluvchi «Korrupsiyaga qarshi kuraşiş virtual akademiyasi» elektron platformasining 2.0 versiyasi taqdim etildi.
Şuningdek, Akademiya negizida rivojlantirilayotgan «Education for Integrity and Rule of Law» (EDIROL — Halollik va huquq ustuvorligi sari ta’lim) xalqaro ta’lim tashabbusi taqdim etildi. Mazkur tashabbus milliy va xalqaro tajribani yagona raqamli ta’lim muhitida birlaştiriş, huquqni muhofaza qiliş sohasi mutaxassislarining zamonaviy tahdidlarga javob berish, asoslangan qarorlar qabul qilish va xalqaro hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalanish könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan.
Xususan, EDIROL doirasida korrupsiya va kiberjinoyatçilikka qarshi kuraşiş, noqonuniy aktivlarni qaytarish, xalqaro huquqiy hamkorlik, inson huquqlari va kasbiy etika yönalishlarida köp tilli öquv dasturlarini işlab çiqiş, amaliy maşğulotlar ötkazish hamda trenerlar tayyorlaş tizimini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, muloqot davomida Akademiyaning Ğarbiy va Markaziy Osiyoda aktivlarni qaytarish böyiça idoralararo tarmoq (ARIN-WCA) Kotibiyati sifatidagi faoliyati tahlil qilindi. Şuningdek, Akademiya bazasida AQŞ Adliya vazirligining Jinoyatlarni tergov qiliş böyiça öqitiş va texnik yordam körsatiş xalqaro dasturi (ICITAP) mintaqaviy vakolatxonasini joylashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.