2019 yil 18 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan “Fan soati” loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot ishlariga qo'yilgan talablar” mavzusiga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.
Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlar qatnashdi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.T.Yusupov ma'ruza qildi.
Ma'ruzachi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish talablari, uni amalga oshirishdagi muammolar va ularning hal etishiga oid masalalar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi. Seminar ishtirokchilari ilmiy tadqiqot jarayonlarining dolzarb muammolariga bag'ishlangan muhokamada faol qatnashdi.