Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining O'zbekistondagi vakilligi boshlig'i ishtirokida uchrashuv

Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining O'zbekistondagi vakilligi boshlig'i ishtirokida uchrashuv

2019 yilning 19 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O'zbekistondagi vakilligi boshlig'i Tatyana Zaichenko bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv jarayonida Assotsiatsiya katta yoshdagilarga ta'lim berish sohasida yetakchi ekspert tashkiloti hisoblanib, kasbiy tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ma'lumot hamda tajriba almashish imkonini beruvchi xalqaro hamkorlik platformalar yaratishda ko'maklashib kelayotganligi ta'kidlab o'tildi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra, taraflar o'qituvchilar salohiyatini oshirish, katta yoshdagilar uchun masofaviy ta'lim sohasidagi o'qituvchi-trenerlarni tayyorlash hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida hamkorlikda dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni kelishib olishdi.