Elsevier kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Elsevier kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

2019 yil 20 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasining mintaqaviy direktori A.Ospanova, milliy koordinatori D.Allanazarova va yetakchi eksperti O.Sertdemir ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida Akademiya bilan Elsevier kompaniyasining amaliy hamkorligi istiqbollari, shu jumladan Akademiya ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, elektron ilmiy jurnal tashkil etish, kompaniyaning elektron ilmiy axborot mahsulotlari va xizmatlariga ulanish, shuningdek mazkur axborot resurslaridan foydalanuvchilar uchun treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.