Maks Plank nomidagi xorijiy va xalqaro jinoyat huquqi instituti direktori bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi

Maks Plank nomidagi xorijiy va xalqaro jinoyat huquqi instituti direktori bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasida Maks Plank nomidagi xorijiy va xalqaro jinoyat huquqi instituti (Germaniya) direktori Xans Yorg Al`brext bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.

Tadbirlarda Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari, shuningdek jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha idoralararo ishchi guruhi a'zolari ishtirok etishdi.

Uchrashuvlar mobaynida jinoyatlarni tasniflashning xalqaro amaliyoti va nazariyasi, jazo tizimi, jazo tayinlashda yagona sud amaliyotini ta'minlash maqsadida sud monitoringi uslubiyoti masalalari muxokama kilindi.

Uchrashuvlar yakunida xorijiy va xalqaro jinoyat huquqi instituti ekspertlarini jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va qo'shma tadqiqotlarga jalb qilish haqida kelishildi.