2019 yil 25 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi bilan amaliy hamkorlik davomi sifatida “Ilmiy faoliyatda zamonaviy axborot platformalari” mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.
Seminarda Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori A.Ospanova va milliy koordinatori D.Allanazarova ma'ruza qildi. Tadbirda Akademiya xodimlari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Seminar davomida ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida yozishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida batafsil tushuntirish berilib, yuqori reytingli xalqaro jurnallarga maqolalarni chop etish bo'yicha maslahat va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar SCOPUS, ScienceDirect, Mendeley kabi axborot platformalari va resurslaridan ilmiy faoliyatda foydalanishning imkoniyatlari bilan tanishtirildi.