Idoralararo hamkorlik aloqalari mustahkamlandi

Idoralararo hamkorlik aloqalari mustahkamlandi

2019 yil 27 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi o'rtasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.

Tadbir doirasida taraflar kadrlarni tayyorlash, professional qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tomonlar o'quv jarayoniga ta'limning zamonaviy innovatsion shakl va usullarini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun masofaviy ta'lim shaklidagi kurslarni birgalikda tashkil etish, o'zaro ilmiy-amaliy tajriba almashish, o'ta dolzarb muammolar yuzasidan tadqiqotlar o'tkazish, o'tkaziladigan mashg'ulot va tadbirlarga taraflarning professor-o'qituvchilar tarkibini faol jalb etish masalalarida hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirdilar.