O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–4075-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Halq ta'limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, pedagog va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishda yuridik xizmati xodimlarining roli” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish Respublika idoralararo komissiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Adliya vazirligi tomonidan tashkil etildi va unda 225 nafar xalq ta'limi tizimi yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda, Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari A.Umarov, Bosh prokuratura Akademiyasi Korruptsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi boshlig'i B.Ismailov, adliya vazirligining mas'ul hodimlari, TDYU vakillari so'zga chiqishdi.
Seminar ishtirokchilariga tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, tizim xodimlariga yaratilgan sharoitlar va korruptsiyaviy jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi. Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga ta'lim tizimida mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korruptsiyaviy jinoyatlar to'g'risida ma'lumot berilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori qabul qilinganligi hamda unga asosan har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan faoliyatining o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, xavflarni hamda jinoyatlarni sodir etish sabab va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha o'z strategiyasini (komplaens-kontrol) ishlab chiqish belganligi to'g'risida ta'kidlandi.
Tadbirda xalq ta'limi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy asoslarni takomillashtirish, soha xodimlarining korrupsiyaga qarshi jinoyatlar sodir etilishini oldini olish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.