Fuqarolik sudlarida ishlar ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlashga oid dolzarb masalalar

Fuqarolik sudlarida ishlar ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlashga oid dolzarb masalalar

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida 2019 yilning 23 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda “Fuqarolik sudlarida ishlar ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlashga oid dolzarb masalalar” mavzusida barcha viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning soha bo'yicha xodimlari xamda fuqarolik ishlari bo'yicha respublika sud`yalari ishtirokida vebinar shaklida Respublika seminar-treningi o'tkazildi.

Tadbirda Bosh prokuratura mahkamasining xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari sudlov hay'atining sudyalari,  Sudyalar oliy maktabining xodimlari, Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari hamda Akademiya tinglovchilari, joylardagi prokuratura idoralarining soha bo'yicha xodimlari va fuqarolik ishlari bo'yicha viloyatlar, tumanlararo (shahar) sudlarining sudyalari ishtirok etdilar.

Seminar-treningda fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmi bo'lgan fuqarolik sudlov sohasida odil sudlovni amalga oshirishda protsessual qonunchilik talablariga rioya etgan holda moddiy huquq normalarini bir xilda qo'llanilishini ta'minlash masalalari borasidagi ma'ruzalar bo'yicha munozaralar o'tkazildi.

Seminar-trening davomida sudlarda fuqarolik ishlarini ko'rilishida mavjud bo'lgan muammolar va ularning yechimi, konkret toifadagi ishlarni ko'rilishida yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalari hamda mazkur yo'nalishda prokuror va sud idoralarining hamkorligini yanada kuchaytirish istiqbollari xususida fikr va mulohazalar bildirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga javob oldilar va fikr almashdilar.