Qozog'iston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi vakilining tanishuv tashrifi

Qozog'iston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi vakilining tanishuv tashrifi

O'rnatilgan hamkorlik doirasida joriy yilning 26 fevral – 1 mart kunlari Qozog'iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi huquqni muhofaza qilish organlari Akademiyasining boshqarma boshlig'i D.B.Umargalievning Bosh prokuratura Akademiyasiga tanishuv tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida D.B.Umargaliev prokuratura organlarida nomzodlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash dasturiga qabul qilish, o'qitish va ta'lim olayotgan tinglovchilarning bilimlarini baholash jarayoniga hamda Akademiyada mavjud bo'lgan malaka oshirish, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimlariga, shuningdek “proAcademy” masofaviy o'qitish tizimini tadbiq etishga alohida qiziqish bildirdi.

Tadbir yakunida tomonlar ilmiy-ta'lim muassasalari o'rtasida imzolangan Memorandum doirasida hamkorlik yo'nalishlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta'kidlab o'tishdi.