“Surishtiruv va dastlabki tergov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish samaradorligi masalalari” mavzusida o'quv kursi

“Surishtiruv va dastlabki tergov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish samaradorligi masalalari” mavzusida o'quv kursi

2019 yil 11 fevraldan 28 fevralga qadar Bosh prokuratura Akademiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat bo'limi hamda ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi xodimlari ishtirokida “Surishtiruv va dastlabki tergov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish samaradorligi masalalari” mavzusida o'quv kurslari tashkil etildi.

O'quv kurslari Dasturi asosida tinglovchilarda prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish, qonunlar ijrosi ustidan nazorat, sodir etilgan ayrim voqealar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini amalga oshirish taktikasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning nazariy va amaliy ko'nikmalari shakllantirildi.

Surishtiruv va dastlabki tergov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishni o'rganishga yo'naltirilgan ushbu kurslar davomida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari, jumladan keys-stadi, imitatsiya rolli o'yin, debat kabi o'qitish shakllari va metodlaridan foydalanildi.

O'quv kurslari yakunida tinglovchilarga tegishli namunadagi sertifikatlar topshirildi.