Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti surishtiruvchilari uchun malaka oshirish kurslari

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti surishtiruvchilari uchun malaka oshirish kurslari

Bosh prokuratura Akademiyasida 2019 yil 18 fevral - 1 mart kunlari Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) bo'limlari surishtiruvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur kurslar dasturi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) bo'limlari surishtiruvchilari faoliyatida mavjud bo'lgan tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qilish asosida shakllantirildi.

Ushbu kurslar davomida soliq sohasidagi islohotlar, O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi, bank-moliya va soliq sohalarida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etish, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xorijiy tajribalar, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni tashkil etishdagi dolzarb muammolar kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

O'quv kurslari yakunida tinglovchilarga tegishli namunadagi sertifikatlar berildi.